Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Appaqov Avazbek To'raxodjayevichning deputatlik so‘roviga tegishli tartibda rasmiy javob xati taqdim etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Appaqov Avazbek To'raxodjayevichning deputatlik so‘roviga tegishli tartibda rasmiy javob xati taqdim etildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyat taraqqiyoti va islohotlar samaradorligining muhim omili
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlarining faoliyati davom etmoqda
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat taraqqiyoti va islohotlar samaradorligining muhim omili.
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida joylarda amaliy ishlar olib borilmoqda.
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida mahalliy Kengashlarning budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishga oid vakolatlari doirasida tashkil etildi.

Kun tartibidagi asosiy masala – Termiz shahar mahalliy budjetining 2026-yil II choragi (may va iyun oylari) davomida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni elektron onlayn auksion orqali sotishdan tushadigan qo‘shimcha mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish masalasi bo‘ldi.

Mazkur masala yuzasidan Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G‘.Toshov batafsil hisobot berib, qo‘shimcha tushumlarning shakllanishi, ularni yo‘naltirishning huquqiy asoslari hamda rejalashtirilayotgan xarajatlar haqida ma’lumot taqdim etdi.

Muhokamalar davomida Termiz shahrining kirish qismida zamonaviy stella o‘rnatish uchun mablag‘ ajratish masalasi alohida ko‘rib chiqildi. Ushbu loyiha shahar qiyofasini yanada obod va jozibador etish, tashrif buyuruvchilarda Termiz shahri haqida ijobiy taassurot uyg‘otish hamda hududning zamonaviy infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan ajratilayotgan budjet mablag‘larining har bir so‘midan oqilona, maqsadli va shaffof foydalanish, xarajatlarning samaradorligini ta’minlash hamda jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tayyorlangan qaror loyihalari ma’qullanib, ularni ko‘rib chiqish va yakuniy qaror qabul qilish uchun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilindi.

Mahalliy budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, moliyaviy intizomni mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2