Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
янв.21
Suv ta’minoti bo‘yicha deputat so‘rovlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Kengash kotibiyati faoliyati samaradorligini oshirish yo‘lida
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dadajanov Fayzulloh Sirajidin o'g'lining deputatlik so‘roviga tegishli tartibda rasmiy javob xati taqdim etildi.
янв.21
13–18-iyul kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi tasdiqlandi.
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bandligi — ustuvor vazifa!
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar davom etmoqda.
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar davom etmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–62-son qarori ijrosi doirasida Andijon shahrida olib borilayotgan qurilish ishlari monitoring qilinmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Jalolov Malik Kimsanboyevichning deputatlik so‘roviga tegishli tartibda rasmiy javob xati taqdim etildi.
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan tumandagi bozorlarda aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi hamda mahsulotlar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida un, non, go‘sht, sut mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, kartoshka, piyoz, sabzi va boshqa kundalik iste’mol mahsulotlarining narxlari tahlil qilinib, savdo rastalarida mahsulotlar yetarliligi hamda aholiga uzluksiz yetkazib berilishi holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sotuvchilar bilan muloqot o‘tkazilib, mahsulotlar narxining barqarorligini ta’minlash, sun’iy narx oshishlarining oldini olish hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, bozorlarda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetarli miqdorda mavjudligi va savdo jarayonlari belgilangan tartibda amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Slide 1 of 5