Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyat taraqqiyoti va islohotlar samaradorligining muhim omili
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlarining faoliyati davom etmoqda
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat taraqqiyoti va islohotlar samaradorligining muhim omili.
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida joylarda amaliy ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Appaqov Avazbek To'raxodjayevichning deputatlik so‘roviga tegishli tartibda rasmiy javob xati taqdim etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Axmadulin Rinat Galimjanovichning deputatlik so‘roviga tegishli tartibda rasmiy javob xati taqdim etildi.
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tuman Kengashi raisi, deputatlar, prokuror, ichki ishlar boshlig'i, hokim o'rinbosarlari, tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Paxtakor tumanida jinoyatchilik va korrupsiyaning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda “Xavfsiz va ravon yo‘l” dasturi doirasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash masalalari sessiyada ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mahalliy byudjet ijrosi, daromadlarni oshirish va qo‘shimcha rezervlarni aniqlash, xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, bo‘sh yer uchastkalarini auksionga chiqarish, suv resurslarini samarali boshqarish, sog‘liqni saqlash tizimi va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.

Ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 10