Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Andijon #deputat_soʻrovi_javobi #deputatlik_faoliyati #jamoatchilik_munosabati #PF_185 Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov tomonidan Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga yuborilgan deputatlik so‘roviga asosli ma'lumotlar taqdim etildi.
янв.21
#Andijon_shahar #BarkamolMFY #SoglomTurmushTarzi #5000Qadam #SoglomAvlod #deputatlik_faoliyati Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 4-Shohbekat saylov okrugi deputati T.Israilova tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar aholi o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otib, keng jamoatchilik tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
#Andijon #ShaharKengashi #XalqDeputatlari #Yigʻilish #IjroIntizomi #FuqarolarMurojaati #MahalliyKengash 🔹 Andijon shahar Kengashida ustuvor vazifalar belgilab olindi
янв.21
#Kengash_faoliyati #Andijon_shahar #deputat_faoliyati #D_Rahmatullayeva #24_tavsiya #KQ_35 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 3-Andijon saylov okrugi deputati D. Rahmatullayeva Andijon shahridagi “Nodirabegim” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi.
янв.21
#Kengash_faoliyati #Andijon_shahar #deputat_faoliyati #D_Rahmatullayeva #24_tavsiya #KQ_35 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dildoraxon Rahmatullayeva tomonidan 3-Andijon saylov okrugiga qarashli mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
#Kengash_faoliyati #deputat_faoliyati #jamoatchilik_nazorati #Andijon #24_tavsiya #96_qonun Andijon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati G. Ismoilova tomonidan hafta davomida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlar doirasida mudofaa tizimida xizmat qilayotgan yoshlar, pedagogika va qishloq xo‘jaligi oliy ta’lim muassasalari talabalari, shuningdek yuridik hamda pedagogika texnikumlari o‘quvchilari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R.Ziyayev raisligida doimiy komissiya raisi va a’zolari hamda O‘zLiDeP Andijon shahar Kengashi bilan hamkorlikda qo‘shma yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri N.To‘ychiyeva tomonidan Andijon shahri Jumabozor MFY hududida o‘rganish ishlari tashkil etildi. Mazkur o‘rganishda mahalla yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim, mahalla raisi hamda shahar Kengashi kotibiyati mudiri B.Mo‘ydinov faol ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri, viloyat Kengashi deputati N.To‘ychiyeva hamda Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri B.Mo‘ydinov ishtirokida Jumabozor MFY hududidagi Matqosimov ko‘chasida joylashgan yo‘lning holati bevosita joyiga chiqib o‘rganildi.
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBI SHAKLLANTIRILDI

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi doimiy komissiya raislarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengashning bo‘lajak 22-sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar atroflicha
muhokama qilindi.

Yig‘ilish doirasida deputatlar tomonidan quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi: 

  •   Doimiy komissiyalarning tarkiblariga o‘zgartirish kiritish; 
    • Kengash huzuridagi yoshlar maslaxat guruhlariga o‘zgartirish kiritish; 
    • Korxona va tashkilotlardan rahbarlarining ish rejalari yuzasidan axborot va hisobotlari; 
    • Joylardagi o‘rganishlar va aholidan kelib tushayotgan murojaatlardan kelib chiqqan holda, infratuzilma, ijtimoiy soha hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muhim masalalar; 
    • Sessiyada qabul qilinadigan qarorlarning sifatli ijro etilishini ta’minlash yuzasidan o‘rganishlar natijalari bo‘yicha masalalar muxokama qilindi.

      Sessiya kun tartibiga kiritilayotgan har bir masala hudud rivoji va aholi farovonligi uchun qanchalik dolzarb ekanligi komissiya raislari tomonidan tanqidiy ko‘rib chiqildi.
      Maqsad bitta: Xalqimiz manfaatlarini ko‘zlagan holda, shahrimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni
      tizimli va samarali hal etish.
        
Slide 1 of 2