Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R.Ziyayev raisligida doimiy komissiya raisi va a’zolari hamda O‘zLiDeP Andijon shahar Kengashi bilan hamkorlikda qo‘shma yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri N.To‘ychiyeva tomonidan Andijon shahri Jumabozor MFY hududida o‘rganish ishlari tashkil etildi. Mazkur o‘rganishda mahalla yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim, mahalla raisi hamda shahar Kengashi kotibiyati mudiri B.Mo‘ydinov faol ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri, viloyat Kengashi deputati N.To‘ychiyeva hamda Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri B.Mo‘ydinov ishtirokida Jumabozor MFY hududidagi Matqosimov ko‘chasida joylashgan yo‘lning holati bevosita joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
#PQ_62 #jamoatchilik_nazorati #deputatlik_faoliyati #Andijon_shahar #24_tavsiya
янв.21
#PayshanbaYoshlarKuni #AndijonYoshlarDay #ChimUstidaHokkey
янв.21
#PayshanbaYoshlarKuni #AndijonYoshlarDay #ChimUstidaHokkey “PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA “VAZIR KUBOGI” SOVRINDORI BOʻLGAN TALABA-QIZLAR TANTANALI TAQDIRLANDI
янв.21
Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov tomonidan Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
#deputat_soʻrovi #deputatlik_faoliyati #jamoatchilik_munosabati #24_tavsiya #Andijon_shahar
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan Andijon shahar 4-son texnikumida Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov tomonidan bugun Yoshlar kuni munosabati bilan shahrimiz yoshlari bilan ochiq va samimiy muloqoti tashkil etildi.
Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 Xalq deputatlari
Shahrisabz tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
 

Bugun Xalq deputatlari
Shahrisabz tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni
rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining
navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
 

Yig‘ilishda komissiya
raisi A.Baratov, komissiya a’zolari hamda Kengash kotibiyati bosh
mutaxassisi S.Primov ishtirok etishdi.
 

Kun tartibidagi
asosiy masala:


Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari G‘.Karamanov tomonidan
taqdim etilgan — tuman mahalliy budjetining 2026-yil boshidagi erkin qoldiq
mablag‘lari hisobidan tumandagi muhim ijtimoiy loyihalarga 699,4
million so‘m mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi atroflicha
muhokama qilindi.
 

Yo‘naltirilayotgan
mablag‘lar hisobiga:
 

· Bir qator mahalla
fuqarolar yig‘inlari binolarini qurish, jihozlash va joriy ta’mirlash;
 

· Tumandagi bolalar
musiqa va san’at maktablari uchun milliy liboslar xarid qilish va
moddiy-texnik bazasini yaxshilash ko‘zda tutilgan.
  

Slide 1 of 2