#deputat_faoliyati #E_Karimov #Andijon_shahar #yoshlar_uchrashuvi
📍 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Elyorbek Karimov ayni damda mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda belgilangan manzillarda yoshlar bilan ochiq va yuzma-yuz muloqotlar olib bormoqda.
👥 Uchrashuvlar davomida shahrimizda istiqomat qiluvchi yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lganlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan hamda ish izlayotgan ishsiz yoshlar bilan bevosita suhbatlar o‘tkazilmoqda.
💬 Yoshlarning murojaatlari, muammolari va takliflari diqqat bilan tinglanib, ularni joyida hal etish choralariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🚀 Ayniqsa, tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ish bilan ta’minlash hamda yangi imkoniyatlar yaratish borasida amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
🤝 Bunday ochiq muloqotlar yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolariga tezkor va samarali yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.