Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Andijon #deputat_soʻrovi_javobi #deputatlik_faoliyati #jamoatchilik_munosabati #PF_185 Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov tomonidan Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga yuborilgan deputatlik so‘roviga asosli ma'lumotlar taqdim etildi.
янв.21
#Andijon_shahar #BarkamolMFY #SoglomTurmushTarzi #5000Qadam #SoglomAvlod #deputatlik_faoliyati Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 4-Shohbekat saylov okrugi deputati T.Israilova tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar aholi o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otib, keng jamoatchilik tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
#Andijon #ShaharKengashi #XalqDeputatlari #Yigʻilish #IjroIntizomi #FuqarolarMurojaati #MahalliyKengash 🔹 Andijon shahar Kengashida ustuvor vazifalar belgilab olindi
янв.21
#Kengash_faoliyati #Andijon_shahar #deputat_faoliyati #D_Rahmatullayeva #24_tavsiya #KQ_35 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 3-Andijon saylov okrugi deputati D. Rahmatullayeva Andijon shahridagi “Nodirabegim” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi.
янв.21
#Kengash_faoliyati #Andijon_shahar #deputat_faoliyati #D_Rahmatullayeva #24_tavsiya #KQ_35 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dildoraxon Rahmatullayeva tomonidan 3-Andijon saylov okrugiga qarashli mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
#Kengash_faoliyati #deputat_faoliyati #jamoatchilik_nazorati #Andijon #24_tavsiya #96_qonun Andijon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati G. Ismoilova tomonidan hafta davomida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlar doirasida mudofaa tizimida xizmat qilayotgan yoshlar, pedagogika va qishloq xo‘jaligi oliy ta’lim muassasalari talabalari, shuningdek yuridik hamda pedagogika texnikumlari o‘quvchilari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R.Ziyayev raisligida doimiy komissiya raisi va a’zolari hamda O‘zLiDeP Andijon shahar Kengashi bilan hamkorlikda qo‘shma yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri N.To‘ychiyeva tomonidan Andijon shahri Jumabozor MFY hududida o‘rganish ishlari tashkil etildi. Mazkur o‘rganishda mahalla yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim, mahalla raisi hamda shahar Kengashi kotibiyati mudiri B.Mo‘ydinov faol ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri, viloyat Kengashi deputati N.To‘ychiyeva hamda Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri B.Mo‘ydinov ishtirokida Jumabozor MFY hududidagi Matqosimov ko‘chasida joylashgan yo‘lning holati bevosita joyiga chiqib o‘rganildi.
#deputat_sorovi 📌“Qoraqo‘yli” MFYda yangi poliklinika qurilishi nazoratga olindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati U.Nurmuxamedov tomonidan sog‘liqni saqlash infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan muhim loyiha yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur so‘rov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qaroriga muvofiq, Ishtixon tumani “Qoraqo‘yli” MFY hududida yangi oilaviy poliklinika binosini qurish ishlari ijrosiga qaratilgan.

🏗 Deputat tomonidan:

- 2026-yil I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar,

- qurilish jarayonining bugungi holati,

- obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish imkoniyati yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur deputatlik so‘rovi orqali hududda barpo etilayotgan yangi tibbiyot muassasasi qurilishi ustidan samarali nazorat o‘rnatish va muddatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsad qilingan.

Batafsil.. (https://telegra.ph/Qoraqoyli-MFYda-yangi-poliklinika-qurilishi-nazoratga-olindi-04-03)

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1