💼 Samarqand shahrida 2025-yilda 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ–12-son qarori ijrosi yuzasidan shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i B.Yusupovning hisoboti eshitildi.
📊 2025-yil yakunlari:
Reja: 48 460 ta yangi ish o‘rni
Amalda: 50 882 ta ish o‘rni (105 %)
🔹 Investitsiya loyihalari hisobiga – 3 995 ta
🔹 Tijorat banklari hamkorligida – 43 883 ta
shundan doimiy ishga joylashganlar – 18 657 nafar
tadbirkorlikka jalb etilganlar – 25 226 nafar
🔹 Qishloq xo‘jaligi sohasida – 246 ta
🔹 Qurilish sohasida – 2 758 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
📉 Ijobiy natijalar:
Ishsizlik darajasi 4,6 % dan 3,2 % ga kamaydi.
3 mingta kambag‘al oila ijtimoiy reestrdan chiqarildi.
Kambag‘allik darajasi 4,1 % dan 3,0 % ga tushirildi.
Sessiyada 2026-yil uchun ham aniq vazifalar belgilandi.
🎯 2026-yil rejasi:
76 334 nafar fuqaroning bandligini ta’minlash;
17 701 nafarini doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish;
47 121 nafar fuqaroning daromadini oshirish;
11 512 ta ish o‘rnini “soyadan chiqarish”.
Shuningdek, 4 121 ta kambag‘al oila bilan manzilli ishlash orqali yil yakuniga qadar 2 512 ta oilani kambag‘allikdan chiqarish va kambag‘allik darajasini 1,5 % ga tushirish maqsad qilingan.
📌 Qaror bilan shahar hokimi o‘rinbosarlari, mas’ul idora va tashkilot rahbarlariga yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlar bandligini ta’minlash, xususiy sektorni qonuniylashtirish va kasb-hunarga o‘qitish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Nazorat esa Kengashning tegishli doimiy komissiyasi va shahar hokimining birinchi o‘rinbosari zimmasiga yuklatildi.
🟢 Asosiy maqsad – Samarqand shahrini kambag‘allik va ishsizlikdan holi hududga aylantirish.