Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining doimiy komissiya raislari va a’zolari ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar dastlabki tartibda ko‘rib chiqildi.
янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov bugun Andijon shahridagi Xo‘tanariq MFYga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalladagi “yettilik” faoliyati o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari M. Jalolov tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Madaniy yodgorliklarni asrash va yoshlarga yetkazish barchamizning burchimizdir!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
🌱 “Tabiatni birgalikda asraymiz!” 🌍 Bugungi Ekosana munosabati bilan shahar Kengashi deputati, Pedagogika texnikum direktori, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi deputat D.Qurbonova tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
📍8-Islomobod saylov okrugi deputati X. Xolmatov tashabbusi bilan okrug hududidagi ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash maqsadida dual ta’lim tizimi asosida samarali ishlar olib borilmoqda.
янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
Farg‘ona tuman Kengashida muhim masalalar muhokama qilindi

 Farg‘ona tuman Kengashida
muhim masalalar muhokama qilindi
 

  

🔷 Xalq deputatlari
Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyati tashabbusi bilan Kengash huzuridagi “Ijtimoiy
soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyaning
navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi Ozodaxon
Dadajonova olib bordi.
 

🔷 Yig‘ilishda
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining
samaradorligini oshirish, davlat boshqaruvida ochiqlik va qonuniylikni mustahkamlashga
qaratilgan muhim masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, 2026-yilga mo‘ljallangan
ish rejalari doirasida ustuvor vazifalar belgilab olinib, mahalliy davlat hokimiyati
hamda deputatlar faoliyatining huquqiy asoslari yuzasidan fikr almashildi.
 

🔷 Muhokamalar
yakunida hudud taraqqiyoti, qonuniylikni ta’minlash va fuqarolar manfaatlarini himoya
qilishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.
  

Slide 1 of 5