Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining doimiy komissiya raislari va a’zolari ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar dastlabki tartibda ko‘rib chiqildi.
янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov bugun Andijon shahridagi Xo‘tanariq MFYga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalladagi “yettilik” faoliyati o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari M. Jalolov tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Madaniy yodgorliklarni asrash va yoshlarga yetkazish barchamizning burchimizdir!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
🌱 “Tabiatni birgalikda asraymiz!” 🌍 Bugungi Ekosana munosabati bilan shahar Kengashi deputati, Pedagogika texnikum direktori, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi deputat D.Qurbonova tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
📍8-Islomobod saylov okrugi deputati X. Xolmatov tashabbusi bilan okrug hududidagi ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash maqsadida dual ta’lim tizimi asosida samarali ishlar olib borilmoqda.
янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
янв.21
Z.M.Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan hamda 25-yanvardan 25-fevralga qadar Andijonda "Bobur oyligi"  doirasida.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ochiqlik va qonuniylikni taʼminlash

 Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ochiqlik va qonuniylikni taʼminlash 

Oltiariq tumanini korrupsiyadan holi hududga aylantirish, aholi orasida unga qarshi murosasiz muhitni yaratish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Yursunov va boʻlim rahbar xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Kun tartibida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida halollikni targʻib qilish va korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida maxsus dasturlar va kontentni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi shakllantirildi. Joriy yil mobaynida maktabgacha va maktab
taʼlimi tasarrufidagi muassasalar tarbiyalanuvchilari, oʻquvchilari uchun
maxsus dasturlar va kontentni yangilab borish belgilab olindi. 

Barcha taʼlim
muassasalarida sinflar kesimida oʻtkaziladigan Tarbiya fani hamda haftaning har
dushanba kuni boʻlib oʻtadigan "Kelajak soati" dasturlariga qoʻshimcha sifatida
Korrupsiyaga qarshi kurash mavzularini kiritish belgilab olindi.  

Slide 1 of 3