Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining doimiy komissiya raislari va a’zolari ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar dastlabki tartibda ko‘rib chiqildi.
янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov bugun Andijon shahridagi Xo‘tanariq MFYga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalladagi “yettilik” faoliyati o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari M. Jalolov tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Madaniy yodgorliklarni asrash va yoshlarga yetkazish barchamizning burchimizdir!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
🌱 “Tabiatni birgalikda asraymiz!” 🌍 Bugungi Ekosana munosabati bilan shahar Kengashi deputati, Pedagogika texnikum direktori, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi deputat D.Qurbonova tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
📍8-Islomobod saylov okrugi deputati X. Xolmatov tashabbusi bilan okrug hududidagi ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash maqsadida dual ta’lim tizimi asosida samarali ishlar olib borilmoqda.
янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
Ishtixon tumanidagi muzeyning holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari hamda Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Qarshiyev bilan birgalikda tumandagi muzeyning hozirgi holati o‘rganildi va uning faoliyati, eksponatlarning saqlanishi hamda aholiga, ayniqsa o‘quvchilar uchun ta’lim va tarbiya berishdagi roli baholandi. Shu jarayonda muzey fondi, tarixiy eksponatlar va ularning saqlanish sharoiti, shuningdek, tashrif buyuruvchilarga yaratilgan qulayliklar va zamonaviy interaktiv ko‘rgazmalar tahlil qilindi. Deputatlar muzey infratuzilmasi va ekspozitsiyalarning yangilanishi orqali Ishtixon tumanining boy tarixini yosh avlodga yetkazish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratdilar.

O‘rganish natijalari muzey faoliyatini yanada rivojlantirish, tarixiy eksponatlarni kengaytirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirishning ishlab chiqilishiga zamin yaratadi, bu esa tuman aholisi, ayniqsa o‘quvchilarning o‘z tarixiga qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu ma’lumotnoma orqali shuni ma’lum qilish mumkinki, Ishtixon tuman tarixi muzeyi binosi 1979-yilda muzey uchun maxsus qurilgan. Ekspozitsiya zallari 2015-yilda ta’mirdan chiqarilgan, tashqi qismi esa 2020-yilda joriy ta’mirdan o‘tkazilgan. Shu bilan birga, hozirgi kunda muzeyda issiqlik tizimi mavjud emas, bu esa kuz-qish mavsumida muzey xodimlari va tashrif buyuruvchilar uchun sezilarli noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.

Muzey fondida hozirgi kunda xalqimizning o‘tmishini va madaniyatini kelajak avlodga yetkazishga mo‘ljallangan 1 589 dona noyob eksponat saqlanmoqda. Shu bois, muzey binosida kuz-qish mavsumida me’yoriy harorat va xavfsiz sharoitni ta’minlash, energiya tejamkorligini hisobga olgan holda ta’mirlash ishlarini to‘liq amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.

Muzey binosi yangidan ta’mirlanib, ekspozitsiya zallari zamonaviy va qiziqarli ko‘rinishga keltirilsa, bu nafaqat mahalliy aholini, balki chet eldan tashrif buyuradigan mehmonlarni ham jalb qilib, ular orqali xalqimizning tarixini, urf-odatlarini va madaniyatini his qilish imkonini yaratadi. Shu orqali Ishtixon tumanida turizm sohasini rivojlantirish, tuman iqtisodiyotini mustahkamlash va ijtimoiy hayotni boyitish bilan birga, kelajak avlodlar uchun madaniy merosni saqlashga beqiyos hissa qo‘shiladi. 

Slide 1 of 8