Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining doimiy komissiya raislari va a’zolari ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar dastlabki tartibda ko‘rib chiqildi.
янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov bugun Andijon shahridagi Xo‘tanariq MFYga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalladagi “yettilik” faoliyati o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari M. Jalolov tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Madaniy yodgorliklarni asrash va yoshlarga yetkazish barchamizning burchimizdir!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
🌱 “Tabiatni birgalikda asraymiz!” 🌍 Bugungi Ekosana munosabati bilan shahar Kengashi deputati, Pedagogika texnikum direktori, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi deputat D.Qurbonova tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
📍8-Islomobod saylov okrugi deputati X. Xolmatov tashabbusi bilan okrug hududidagi ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash maqsadida dual ta’lim tizimi asosida samarali ishlar olib borilmoqda.
янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
TERMIZ SHAHRIDA DEPUTATLAR FAOLIYATINI YANGI BOSQICHGA KO‘TARISHGA QARATILGAN SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Bugun davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan "Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak" tamoyilini hayotga tatbiq etishda mahalliy Kengash deputatlarining o‘rni beqiyos. Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova tashabbusi bilan deputatlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, faoliyat samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan o‘quv-seminari tashkil etildi.

📍 Seminar avvalida Kengash raisi D.Normuradova so‘zga chiqib, deputatlik maqomi shunchaki imtiyoz emas, balki xalq oldidagi yuksak mas’uliyat ekanligini alohida ta’kidladi. 

"Deputat o‘z saylov okrugidagi muammolarni faqatgina kuzatuvchi emas, balki ularni bartaraf etuvchi asosiy kuch bo‘lishi kerak. Joylardagi ijro organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish — bugungi davr talabi," — dedi Kengash raisi.

 📊 Seminarda Kotibiyat mudiri A.Ashurov deputatlik faoliyatini tizimli tashkil etish bo‘yicha yangicha yondashuvlarni taqdim etdi. Xususan, deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar muhokama markazida bo‘ldi. Bu yo‘nalishlar:

• Saylov okruglarida aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish;

• Muammolarni "mahallabay" o‘rganish va ularni sessiyalarga olib chiqish;

• Davlat dasturlari ijrosini joyida nazorat qilish;

• Saylovchilar oldida davriy hisobot berish madaniyatini shakllantirishni qamrab oladi.

 💬 Seminar faqat ma’ruzalardan iborat bo‘lmay, balki savol-javob va konstruktiv muloqot shaklida o‘tdi. Deputatlar o‘z ish faoliyatlarida duch kelayotgan to‘siqlar, ijro organlari bilan hamkorlik qilishdagi muammolar va ularni hal etish yo‘llari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi. Shuningdek, "Raqamli Kengash" va "E-Kengash" tizimlaridan foydalanish ko‘nikmalarini yanada oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

 🚀 O‘tkazilgan seminar Termiz shahar Kengashi deputatlari uchun o‘ziga xos "yo‘l xaritasi" vazifasini o‘tadi. Tadbir yakunida deputatlar faoliyatini baholashning reyting tizimini takomillashtirish va xalq bilan ishlashda ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5