Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining doimiy komissiya raislari va a’zolari ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar dastlabki tartibda ko‘rib chiqildi.
янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov bugun Andijon shahridagi Xo‘tanariq MFYga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalladagi “yettilik” faoliyati o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari M. Jalolov tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Madaniy yodgorliklarni asrash va yoshlarga yetkazish barchamizning burchimizdir!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
🌱 “Tabiatni birgalikda asraymiz!” 🌍 Bugungi Ekosana munosabati bilan shahar Kengashi deputati, Pedagogika texnikum direktori, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi deputat D.Qurbonova tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
📍8-Islomobod saylov okrugi deputati X. Xolmatov tashabbusi bilan okrug hududidagi ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash maqsadida dual ta’lim tizimi asosida samarali ishlar olib borilmoqda.
янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
Mahalla faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi

Termiz shahar “Jo‘yjangal” mahalla fuqarolar yig‘inida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati G.Xudaykulova tomonidan “mahalla vakillari” ishtirokida mahallada olib borilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda mahalladagi ijtimoiy muhit, amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash jarayoni hamda mavjud masalalar yuzasidan mas’ullar va fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Suhbat jarayonida deputat tomonidan mahallada uchrayotgan ayrim muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, aholi murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar
bildirilib, mahalladagi ishlarni yanada faollashtirish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish hamda mavjud masalalarga tizimli yondashuv asosida yechim topish zarurligi ta’kidlandi.