📚 Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan tadbir
Buyuk mutafakkir va so‘z san’ati sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanidagi 12-umumta'lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 3-Poshxurt saylov okrugi deputati I.Nuriddinov ishtirok etdi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Alisher Navoiy g‘azal va ruboiylaridan namunalar ifodali o‘qildi, shoir ijodiga bag‘ishlangan musiqiy chiqishlar namoyish etildi.
Mazkur tadbir yosh avlod qalbida mumtoz adabiyotga bo‘lgan muhabbatni oshirish, buyuk mutafakkir merosini keng targ‘ib etish hamda o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.