Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov bugun Andijon shahridagi Xo‘tanariq MFYga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalladagi “yettilik” faoliyati o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari M. Jalolov tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Madaniy yodgorliklarni asrash va yoshlarga yetkazish barchamizning burchimizdir!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
🌱 “Tabiatni birgalikda asraymiz!” 🌍 Bugungi Ekosana munosabati bilan shahar Kengashi deputati, Pedagogika texnikum direktori, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi deputat D.Qurbonova tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
📍8-Islomobod saylov okrugi deputati X. Xolmatov tashabbusi bilan okrug hududidagi ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash maqsadida dual ta’lim tizimi asosida samarali ishlar olib borilmoqda.
янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
янв.21
Z.M.Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan hamda 25-yanvardan 25-fevralga qadar Andijonda "Bobur oyligi"  doirasida.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov "Deputat mahallada" loyihasi doirasida “Bo‘ston” MFYda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi va mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
Dual taʼlim va tadbirkorlik uyg‘unligi samaralari" haqida batafsil
Ko‘ngil mulkining sultoni — Alisher Navoiy siymosiga yuksak ehtirom!

Ushbu nurli anjumanda ma’rifat fidoiylari — Хalq deputatlari tuman Кengashi deputati 19-Xo'jaubbon saylov okrugi deputati R.Atoyeva hamda ko‘p yillik tajribaga ega, el ardog‘idagi faxriy ustoz M.Sharipovalar mehmon bo‘lishdi. Ular o‘z so‘zlarida Navoiy bobomizning har bir satri insoniyat uchun ulkan tarbiya maktabi ekanligini, yoshlar qalbida ushbu boy merosga muhabbat uyg‘otish naqadar muqaddas vazifa ekanini ta’kidladilar. Adabiyotimiz quyoshi, so‘z mulkining sohibqironi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 bahori munosabati bilan Romitan tumanidagi 23-umumta’lim maktabida o‘zgacha bir adabiy shukuh hukmron bo‘ldi. Maktab bag‘rida tashkil etilgan “Buyuk siymoga ehtirom” nomli ma’rifat kechasi go‘yo Hazrat Navoiyning o‘lmas g‘azallari kabi nurli va fayzli o‘tdi.

Slide 1 of 1