Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov bugun Andijon shahridagi Xo‘tanariq MFYga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalladagi “yettilik” faoliyati o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari M. Jalolov tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Madaniy yodgorliklarni asrash va yoshlarga yetkazish barchamizning burchimizdir!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
🌱 “Tabiatni birgalikda asraymiz!” 🌍 Bugungi Ekosana munosabati bilan shahar Kengashi deputati, Pedagogika texnikum direktori, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi deputat D.Qurbonova tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
📍8-Islomobod saylov okrugi deputati X. Xolmatov tashabbusi bilan okrug hududidagi ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash maqsadida dual ta’lim tizimi asosida samarali ishlar olib borilmoqda.
янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
янв.21
Z.M.Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan hamda 25-yanvardan 25-fevralga qadar Andijonda "Bobur oyligi"  doirasida.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov "Deputat mahallada" loyihasi doirasida “Bo‘ston” MFYda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi va mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
Dual taʼlim va tadbirkorlik uyg‘unligi samaralari" haqida batafsil
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashining o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida viloyat hokimi o‘rinbosari B.Yusupov tuman hokimi A.Abdug’aniyev tuman hokimining o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, tegishli tuman tashkilotlari rahbarlari, tumanimizdan saylangan viloyat Kengashi deputatlari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibiga 18 ta masala kiritilib, ular deputatlar tomonidan belgilangan tartibda atroflicha muhokama qilindi.

Kun tartibida, jumladan, Zomin tumanini 2026–2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash, hududda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish, korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o’rinbosari F.Yunusovning jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 31 dekabrdagi PQ–468-son — “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining tumandagi ijrosi muhokama qilindi.

Bundan tashqari, tumandagi umumta’lim maktablarining isitish tizimlarini ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, yo‘l yoqasidagi uy-joylarni ta’mirlash, mahallalarda videokuzatuv kameralarini o‘rnatish, tibbiyot muassasalarini moddiy-texnik jihatdan mustahkamlash, xizmat avtomashinalari va kommunal xarajatlar uchun mablag‘ ajratish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Sessiyada “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar, tumandagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash, Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalar tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish hamda 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 yanvardagi PQ–5-son — “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan axborot tinglandi.

Sessiya yakunida kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul ijrochilar va aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 10