Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari M. Jalolov tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Madaniy yodgorliklarni asrash va yoshlarga yetkazish barchamizning burchimizdir!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
🌱 “Tabiatni birgalikda asraymiz!” 🌍 Bugungi Ekosana munosabati bilan shahar Kengashi deputati, Pedagogika texnikum direktori, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi deputat D.Qurbonova tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
📍8-Islomobod saylov okrugi deputati X. Xolmatov tashabbusi bilan okrug hududidagi ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash maqsadida dual ta’lim tizimi asosida samarali ishlar olib borilmoqda.
янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
янв.21
Z.M.Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan hamda 25-yanvardan 25-fevralga qadar Andijonda "Bobur oyligi"  doirasida.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov "Deputat mahallada" loyihasi doirasida “Bo‘ston” MFYda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi va mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
Dual taʼlim va tadbirkorlik uyg‘unligi samaralari" haqida batafsil
янв.21
"Мардлар қўриқлайди Ватанни" мавзусида тадбир ўтказилди.
TUMAN KENGASHI SESSIYASI

 Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining VII-chaqiriq 15-sessiyasi bo`lib o`tdi. Sessiyada 2025-yil 12 oyi davomida tumanda qonuniylik va kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, uning omillarini bartaraf etish bo`yicha ko`rilgan choralar yuzasidan tuman prokurori R.Halilovning axboroti, Jalaquduq tuman ichki ishlar bo`limi tomonidan 2025-yil davomida tuman hududida korrupsiya bilan bog`liq jinoyatlar va huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`yicha amalga
oshirilgan
ishlar yuzasidan bo`lim boshlig`i B.Shermatovning va boshqa davlat tashkilotlari raxbarlarining hisobotlari eshitildi. 

Tuman Kengashining 2025-yil davomida amalga oshirgan ishlari hamda 2026-yilga
mo`ljallangan rejalari hamda
byudjet sohasiga oid qator masalalar muhokama qilindi. Kun tartibiga kiritilgan masalalarni sessiyagacha doimiy komissiya o`rganib, tegishli hulosalar qildi, mutasaddi tashkilotlar mas`ul raxbarlarning axborotlarini birma-bir eshitdi, axborotchilar deputatlarning savollariga javob berdilar. Shuningdek, harbir masala bo`yicha deputatlarning, mas`ullarning muhokamaga qo`yilgan masalalar bo`yicha fikr va mulohazalari ham tinglandi. Va tegishli qarorlar qabul qilindi.  

Slide 1 of 8