Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov bugun Andijon shahridagi Xo‘tanariq MFYga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalladagi “yettilik” faoliyati o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari M. Jalolov tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Madaniy yodgorliklarni asrash va yoshlarga yetkazish barchamizning burchimizdir!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
🌱 “Tabiatni birgalikda asraymiz!” 🌍 Bugungi Ekosana munosabati bilan shahar Kengashi deputati, Pedagogika texnikum direktori, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi deputat D.Qurbonova tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
📍8-Islomobod saylov okrugi deputati X. Xolmatov tashabbusi bilan okrug hududidagi ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash maqsadida dual ta’lim tizimi asosida samarali ishlar olib borilmoqda.
янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
янв.21
Z.M.Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan hamda 25-yanvardan 25-fevralga qadar Andijonda "Bobur oyligi"  doirasida.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov "Deputat mahallada" loyihasi doirasida “Bo‘ston” MFYda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi va mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
Dual taʼlim va tadbirkorlik uyg‘unligi samaralari" haqida batafsil
Joylarda aholi murojaatlari deputat tomonidan samarali hal etilmoqda!

Romitan tuman kengashi deputati 13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati Rajabova Mamlakat Ikromovna aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni joyida o’rganish va tezkor hal etish borasidagi ishlarni izchil va samarali tashkil etda.

Fuqarolarning murojaatlari bevosita tinglanib, tibbiy, ijtimoiy va tashkiliy masalalarni joyida hal etishga alohida e’tibor qaratildi.

Aholi murojaatlari jami 13 ta qayd etildi. Xususan:

5 nafar fuqaro viloyat miqyosidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida order asosida imtiyozli davolanish uchun yo’naltirildi; 7 nafar fuqaro tuman tibbiyot muassasalarida bepul davolanish imkoniyatiga ega bo’ldi;

1 ta murojaat ishga joylashtirish;

Shuningdek, yoshi ulug’ va nogironligi bo’lgan fuqarolar holidan xabar olinib, ularning sog’ligi va ijtimoiy holati yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Aholi murojaatlarini joyida o’rganish va ularga manzilli yechim topishga qaratilgan bunday qabullar hududlarda izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1