Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining doimiy komissiya raislari va a’zolari ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar dastlabki tartibda ko‘rib chiqildi.
янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov bugun Andijon shahridagi Xo‘tanariq MFYga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalladagi “yettilik” faoliyati o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari M. Jalolov tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Madaniy yodgorliklarni asrash va yoshlarga yetkazish barchamizning burchimizdir!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
🌱 “Tabiatni birgalikda asraymiz!” 🌍 Bugungi Ekosana munosabati bilan shahar Kengashi deputati, Pedagogika texnikum direktori, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi deputat D.Qurbonova tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
📍8-Islomobod saylov okrugi deputati X. Xolmatov tashabbusi bilan okrug hududidagi ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash maqsadida dual ta’lim tizimi asosida samarali ishlar olib borilmoqda.
янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
янв.21
Z.M.Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan hamda 25-yanvardan 25-fevralga qadar Andijonda "Bobur oyligi"  doirasida.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov "Deputat mahallada" loyihasi doirasida “Bo‘ston” MFYda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi va mahalla faollari bilan uchrashdi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PQ–35-sonli qarori muhokama qilindi. Mazkur qarorda belgilangan vazifalarning tumanda o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Sessiya davomida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi bandligini ta’minlash, infratuzilmani yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Shuningdek, mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglanib, ularning zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi.

Deputat sifatida bu borada xalq manfaatlarini ustuvor qo‘ygan holda ochiqlik, shaffoflik va javobgarlik prinsiplariga qat’iy amal qilinishi muhimdir.

M.Qo'ldoshev
Zomin tuman Kengashi deputati