Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining doimiy komissiya raislari va a’zolari ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar dastlabki tartibda ko‘rib chiqildi.
янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov bugun Andijon shahridagi Xo‘tanariq MFYga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalladagi “yettilik” faoliyati o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari M. Jalolov tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Madaniy yodgorliklarni asrash va yoshlarga yetkazish barchamizning burchimizdir!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
🌱 “Tabiatni birgalikda asraymiz!” 🌍 Bugungi Ekosana munosabati bilan shahar Kengashi deputati, Pedagogika texnikum direktori, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi deputat D.Qurbonova tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
📍8-Islomobod saylov okrugi deputati X. Xolmatov tashabbusi bilan okrug hududidagi ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash maqsadida dual ta’lim tizimi asosida samarali ishlar olib borilmoqda.
янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
Saylovchilar bilan uchrashuv

XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarorining ijrosi yuzasidan Bandixon tumani “Quduqsoy'” MFY da Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati Xolmatova Gulshod Mustafaqulovna “mahalla yettiligi” hamda 33-sonli maktabda mahalla aholisi ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dastlab yig‘ilishda deputat tomonidan saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borilib, o‘tgan davr mobaynida saylovchilar murojaati asosida joylardagi mavjud kamchilik va muammolar atroflicha o‘rganib chiqildi.

Uchrashuv so‘nggida hududda mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzilib, fuqarolar murojaatlari tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 3