Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov bugun Andijon shahridagi Xo‘tanariq MFYga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalladagi “yettilik” faoliyati o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari M. Jalolov tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Madaniy yodgorliklarni asrash va yoshlarga yetkazish barchamizning burchimizdir!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
🌱 “Tabiatni birgalikda asraymiz!” 🌍 Bugungi Ekosana munosabati bilan shahar Kengashi deputati, Pedagogika texnikum direktori, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi deputat D.Qurbonova tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
📍8-Islomobod saylov okrugi deputati X. Xolmatov tashabbusi bilan okrug hududidagi ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash maqsadida dual ta’lim tizimi asosida samarali ishlar olib borilmoqda.
янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
янв.21
Z.M.Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan hamda 25-yanvardan 25-fevralga qadar Andijonda "Bobur oyligi"  doirasida.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov "Deputat mahallada" loyihasi doirasida “Bo‘ston” MFYda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi va mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
Dual taʼlim va tadbirkorlik uyg‘unligi samaralari" haqida batafsil
Tuman kengashi deputati ko‘magida xotin-qizlar ishga joylashtirildi

 Jalaquduq tumani Toshloq, O‘zbekiston MFY hududida olib borilgan xatlov jarayonlari davomida ishlash istagida bo‘lgan, bandligi ta’minlanmagan 12 nafar ishsiz xotin-qizlar aniqlandi. Ularning bandligini
ta’minlash maqsadida Oyim hududida joylashgan “Fartuna Inves” MCHJ bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borildi.
Natijada, mazkur 12 nafar xotin-qizlar tuman Kengashi deputati Turg`unova Mohidilxonning bevosita ko‘magi va tashabbusi bilan ushbu korxonaga ishga joylashtirildi. Ishga qabul qilingan fuqarolarga
mehnat shart-sharoitlari, ish vaqti va qonuniy mehnat munosabatlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Ushbu tashabbus xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, oilalar daromadini yaxshilash hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan muhim qadam ekani ta’kidlandi. Kelgusida ham bunday ishlar tizimli ravishda davom ettirilishi belgilandi. 

Slide 1 of 7