Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining doimiy komissiya raislari va a’zolari ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar dastlabki tartibda ko‘rib chiqildi.
янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov bugun Andijon shahridagi Xo‘tanariq MFYga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalladagi “yettilik” faoliyati o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari M. Jalolov tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Madaniy yodgorliklarni asrash va yoshlarga yetkazish barchamizning burchimizdir!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
🌱 “Tabiatni birgalikda asraymiz!” 🌍 Bugungi Ekosana munosabati bilan shahar Kengashi deputati, Pedagogika texnikum direktori, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi deputat D.Qurbonova tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
📍8-Islomobod saylov okrugi deputati X. Xolmatov tashabbusi bilan okrug hududidagi ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash maqsadida dual ta’lim tizimi asosida samarali ishlar olib borilmoqda.
янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
“Buyuklik oiladan boshlanadi — uni asrash har birimizning mas’uliyatimiz!”

🗣“Buyuklik oiladan boshlanadi — uni asrash har birimizning mas’uliyatimiz!”

 Uzun tumanida Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman Kengashi deputatlari, tuman bosh imom-xatibi ishtirokida oilaviy ajrimlarning oldini olishga qaratilgan keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

 “Buyuklik oiladan boshlanadi — uni asrash har birimizning mas’uliyatimiz!” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuvda bugungi kunda dolzarb hisoblangan oila mustahkamligi, farzandlar tarbiyasi va ijtimoiy mas’uliyat masalalari yuzasidan keng jamoatchilikka tushuntirishlar berildi

 Uchrashuv oilada kelib chiqayotgan nizolarni bartaraf etish, sog‘lom muhitni saqlash, hurmat va mas’uliyatning ahamiyati keng yoritildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan bunday tashabbuslar oilaviy muammolarning oldini olish, ajrimlar sonini kamaytirish va mahallalarda barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.