Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov bugun Andijon shahridagi Xo‘tanariq MFYga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalladagi “yettilik” faoliyati o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari M. Jalolov tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Madaniy yodgorliklarni asrash va yoshlarga yetkazish barchamizning burchimizdir!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
🌱 “Tabiatni birgalikda asraymiz!” 🌍 Bugungi Ekosana munosabati bilan shahar Kengashi deputati, Pedagogika texnikum direktori, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi deputat D.Qurbonova tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
📍8-Islomobod saylov okrugi deputati X. Xolmatov tashabbusi bilan okrug hududidagi ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash maqsadida dual ta’lim tizimi asosida samarali ishlar olib borilmoqda.
янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
янв.21
Z.M.Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan hamda 25-yanvardan 25-fevralga qadar Andijonda "Bobur oyligi"  doirasida.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov "Deputat mahallada" loyihasi doirasida “Bo‘ston” MFYda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi va mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
Dual taʼlim va tadbirkorlik uyg‘unligi samaralari" haqida batafsil
Mahalla yettiligi va deputat bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati Sherzod Ortiqov saylov okrugidagi Nayman mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama etilib, mahalladagi fuqarolarning murojaatlari tenglandi.

Mahallamizda fuqarolardan tushgan asosiy murojaatlar kredit olish, kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishda ko‘mak berish, hamda maktabga boruvchi yo‘l yoqasida piyodalar yo‘lagi qurish masalalariga oid bo‘ldi. Ushbu murojaatlar bo‘yicha mahalla yettiligi bilan birgalikda muhokamalar o‘tkazilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Mazkur masalalarni tegishli tashkilot va muassasalar ko‘rib chiqishi hamda tezkor yechim topilishi maqsadida deputatlik so‘rovlari tuman miqyosidagi mutasaddi idoralarga yuborildi. 

Sherzod Ortikov, "Agrobank" ATB Samarqand viloyat boshqarmasi bosh buxgalteri, Toyloq tuman Kengashi deputati

Slide 1 of 3