Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🟢 Andijon shahrida dolzarb masalalarga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
📍 Andijon shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari, kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari tashrif buyurdilar.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appaqov tashrifi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyat mudiri B.Mo'ydinov “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Andijon shahar bo'limining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
"Оила ва жамиятимиз ҳаётида хотин-қизларнинг ўрни" мавзусида учрашув ўтказилди
янв.21
14 феврал - улуғ аждодимиз Заҳириддин Муҳаммад Бобурнинг таваллуд кунига бағишлаб
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining doimiy komissiya raislari va a’zolari ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar dastlabki tartibda ko‘rib chiqildi.
Deputat mahalla muammolarini kommunal soha rahbarlari bilan ko‘rib chiqdi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Akbarali Qayumov Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan kommunal xizmat tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda 6-Mehrobod saylov okrugida doirasidagi 25 ta mahalla faoliyati, ularda mavjud muammolar va ularni hal etish masalalari muhokama qilindi. 

Mazkur okrugda 30 010 nafar saylovchi istiqomat qiladi. Shu kungacha mahallalarda o‘tkazilgan uchrashuv va sayyor qabullarda yuzdan ortiq murojaat kelib tushgan.

Deputat A.Qayumov ushbu masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yo‘llaganini, ammo ayrim hollarda natijadorlik pastligicha qolayotganini qayd etdi. 

Shu munosabat bilan kommunal sohadagi ishlarni jonlantirish, muammolarni joyiga chiqib o‘rgangan holda bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikda ishlash lozimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida mutasaddi tashkilotlar bilan vazifalar belgilab olindi va deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2