Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov bugun Andijon shahridagi Xo‘tanariq MFYga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalladagi “yettilik” faoliyati o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari M. Jalolov tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Madaniy yodgorliklarni asrash va yoshlarga yetkazish barchamizning burchimizdir!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
🌱 “Tabiatni birgalikda asraymiz!” 🌍 Bugungi Ekosana munosabati bilan shahar Kengashi deputati, Pedagogika texnikum direktori, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi deputat D.Qurbonova tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
📍8-Islomobod saylov okrugi deputati X. Xolmatov tashabbusi bilan okrug hududidagi ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash maqsadida dual ta’lim tizimi asosida samarali ishlar olib borilmoqda.
янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
янв.21
Z.M.Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan hamda 25-yanvardan 25-fevralga qadar Andijonda "Bobur oyligi"  doirasida.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov "Deputat mahallada" loyihasi doirasida “Bo‘ston” MFYda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi va mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
Dual taʼlim va tadbirkorlik uyg‘unligi samaralari" haqida batafsil
Saylovchilar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputatlari Mehribon Tillayeva hamda Manzura Ortiqovalar tuman hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nodira Eshchonova bilan hamkorlikda 23-son maktabda Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi davomida qilgan ma’ruzalari va undan kelib chiqadigan xulosalar, to‘ylarni ixchamlashtirish, ish yuritishda davlat tili qoidalariga e’tibor berish, geografik ob’yektlprni nomlashdagi yondashuvlar xususida suhbatlashdilar. Pedagoglar ham o‘z navbatida fikr, mulohaza, takliflarini bildirib, deputatlarga ayrim masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. Deputatlar o‘z vakolatlari doirasida savollarga javob qaytarib, ayrim muammolar yuzasidan daxldor tashkilotlarga so‘rov bilan chiqishlarini bildirdilar.

Slide 1 of 1