Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov bugun Andijon shahridagi Xo‘tanariq MFYga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalladagi “yettilik” faoliyati o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari M. Jalolov tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Madaniy yodgorliklarni asrash va yoshlarga yetkazish barchamizning burchimizdir!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
🌱 “Tabiatni birgalikda asraymiz!” 🌍 Bugungi Ekosana munosabati bilan shahar Kengashi deputati, Pedagogika texnikum direktori, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi deputat D.Qurbonova tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
📍8-Islomobod saylov okrugi deputati X. Xolmatov tashabbusi bilan okrug hududidagi ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash maqsadida dual ta’lim tizimi asosida samarali ishlar olib borilmoqda.
янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
янв.21
Z.M.Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan hamda 25-yanvardan 25-fevralga qadar Andijonda "Bobur oyligi"  doirasida.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov "Deputat mahallada" loyihasi doirasida “Bo‘ston” MFYda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi va mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
Dual taʼlim va tadbirkorlik uyg‘unligi samaralari" haqida batafsil
📘 "Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi" mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati M. Raximov tomonidan Ishtixon tumanidagi 67-maktabda “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida ochiq targ‘ibot darsi o‘tkazildi.

📚 Dars davomida o‘quvchilarga korrupsiyaning shaxs, jamiyat va davlat rivojiga salbiy ta’siri haqida batafsil tushunchalar berildi. Korrupsiya qanday shakllarda namoyon bo‘lishi, uning oqibatlari va uni oldini olish yo‘llari haqidagi fikrlar ochiq muhokama qilindi.

👨‍🏫 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi siyosati, 2023–2024-yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiya, Senat qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonliFarmonining mazmuni o‘quvchilarga tushuntirib berildi.

🔍 Ochiq dars o‘quvchilarda huquqiy ong va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishga qaratildi.

Slide 1 of 4