Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi, Senator U.Axunov Xo'jaobod tumanida fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Депутатлар соғлиқни сақлаш тизимидаги янгиликлар бўйича аҳоли билан учрашув ўтказди
янв.21
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2025 yil 23 iyun kungi PF 98-sonli farmoni bo'ycha o'quv seminari
янв.21
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2025 yil 23 iyun kungi PF 98-sonli farmoni bo'ycha o'quv seminari
янв.21
Xalq deputatlari tibbiyot sohasi mutaxassislari va davolanayotgan fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari o'z saylov okrugidagi saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Deputatning bir kuni
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

📍 2025-yil 24-aprel kuni Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimligi vakillari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, iqtisodiyot, moliya va soliq tizimi mutaxassislari, mahalliy OAV vakillari ishtirok etdi.

🗂 Yig‘ilish kun tartibiga quyidagi dolzarb masalalar kiritildi:

1. Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot

Yig‘ilishda dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-sonli Farmoni – *"Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"*gi Farmon ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2025-yil I choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Q. Nuriddinovning hisoboti tinglandi.

🔍 Hisobotda mahalliy hokimiyat tomonidan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ish o‘rinlari yaratish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirishga doir ko‘rilgan aniq choralar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilish davomida deputatlar mazkur farmon asosida amalga oshirilayotgan tadbirlarning hudud iqtisodiyotiga ta’siri, ularning real natijadorligi yuzasidan savollar berishdi.

2. Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi va qo‘shimcha rezervlar

Keyingi masala yuzasidan Ishtixon tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i O. Usmonov o‘z hisobotini taqdim etdi. Unda Prezidentning 2017-yil 13-dekabrdagi PF-5283-sonli Farmoni asosida tuman byudjetiga tushumlar, shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha rejalashtirilgan va amalda tushgan mablag‘lar tahlili keltirildi.

📊 Qayd etilishicha, ayrim sohalarda byudjet tushumlari bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichlar kuzatilgan bo‘lsa-da, ayrim soliq to‘lovchilarda hali ham qarzdorlik mavjudligi aniqlangan. Hisobotda soliq qarzdorliklarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida batafsil axborot berildi.

3. Tuman byudjeti ijrosi va daromadlar bazasini kengaytirish

Mazkur masala yuzasidan Ishtixon tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i so‘zga chiqib, byudjetning tushum qismini oshirish, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash va ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

💡 Deputatlar tomonidan qo‘shimcha daromad manbalarini shakllantirishda mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayotgani, ayrim mahalliy tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash samaradorligini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

4. Tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlik masalalari

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston XDP va Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-sonli Qarori – *"Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"*gi qarori ijrosi yuzasidan mas’ul rahbarlar hisobot berdi.

🔹 Ishtixon tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Z. Abdullayev hamda “Hunarmand” uyushmasi tumandagi bo‘limi rahbari B. Xatamov tomonidan kambag‘allik darajasini pasaytirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashish, hunar o‘rgatish kurslarini yo‘lga qo‘yish, mikrokreditlar ajratish holati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

🗣 Deputatlar ushbu yo‘nalishda joylarda aholini yanada kengroq qamrab olish, ayniqsa yoshlar va ayollar orasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy ishlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.

🔚 Yig‘ilish yakunlari:

✅ Komissiya a’zolari tomonidan kun tartibidagi har bir masala yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi, mavjud muammolar tahlil qilindi va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

✅ Tegishli tashkilot va muassasalarga qisqa muddatli va istiqbolli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, hisobotlarda ko‘tarilgan masalalarni joyida bartaraf etish topshirildi. 

Slide 1 of 6