Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi Raisi huzurida yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi, Senator U.Axunov Xo'jaobod tumanida fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Депутатлар соғлиқни сақлаш тизимидаги янгиликлар бўйича аҳоли билан учрашув ўтказди
янв.21
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2025 yil 23 iyun kungi PF 98-sonli farmoni bo'ycha o'quv seminari
янв.21
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2025 yil 23 iyun kungi PF 98-sonli farmoni bo'ycha o'quv seminari
янв.21
Xalq deputatlari tibbiyot sohasi mutaxassislari va davolanayotgan fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari o'z saylov okrugidagi saylovchilar bilan uchrashdi
Viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi 21 fevral kuni o‘tkaziladi

Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun, 18 fevralda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, yettinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi sessiyasi 2025 yil 21 fevral kuni chaqiriladi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 29 noyabrdagi “Samarqand viloyatida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-407-son qarori ijrosi bo‘yicha viloyat hokimining o‘rinbosari O.Hamroyevning hisoboti;

- Samarqand viloyati mahalliy byudjetining 2024 yildagi ijrosi bo‘yicha viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Mirzayevning hisoboti;

- Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasining 2024 yildagi faoliyati yuzasidan boshqarma boshlig‘i S.Jabborovning hisoboti to‘g‘risida;

- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2023 yil 27 dekabrdagi “Samarqand viloyatining 2024 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida;

- Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani “Chimboyobod” MFY hududida tashkil etilgan “Past Darg‘om” maxsus sanoat zonasining bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;

- Fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga ko‘maklashish to‘g‘risida;

- xalq deputatlari viloyat Kengashi huzurida ekspert guruhi tashkil qilish to‘g‘risida;

- xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati tomonidan deputat so‘rovini yuborish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida;

- xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasida davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitishning tartibini tasdiqlash to‘g‘risida;

- xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlari loyihalarini ishlab chiqish hamda ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida;

- xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan qonunlarni ko‘rib chiqish va muhokama qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida;

- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025 yil 14 yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida. 

Slide 1 of 1