O‘zbekiston XDP Qo‘shko‘pir tuman Kengashidan saylangan 24-saylov okrugi deputati Ibragimova Nilufar Ergashovna tamonidan"Dovud ", “Koramon” maxallalarida maxalla yettiligi bilan hamkorlikda “Uyma-uy loyihasi” asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan xonadonlarga tashrif buyurib,ularning bugungi kundagi muammolari yuzasidan suhbatlashdi va ayollar daftarining 6 bosqichi uchun xonadonbay so‘rovnoma o‘tkazdi.Xatlov jarayonida 30 yoshdan oshgan barcha ayollar bilan suhbatda bo‘lib,ishsiz ayollarni daromad topish uchun qiziqishiga qarab bandligi ta’minlanishi, axoli farovonligi uchun, oila iqtisodiga ayollar xam o‘z ulushini bemalol qo‘sha olishi mumkinligi buyicha targ‘ibot ishlari olib borildi.