Ayni kunlarda Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, joylardagi muammolar o‘rganilmoqda. Xususan, bugun tumanning Yangiqishloq, Guliston, Dahbed saylov okruglari deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, fuqarolar murojaatlari qabul qilindi.