Sherobod tumanida Kengash faoliyati o'rganildi
Sherobod tumanida Oliy Majlis Senati a'zosi, viloyat Kengashi deputati Dilbar Suvonova, viloyat Kengashi deputati Mehri Narbasheva, tuman Kengashining doimiy komissiya raislari hamda kotibiyat hodimlari ishtirokida "Namunali Kengash" faoliyati bo'yicha davra suhbati bo'lib o'tdi.
Shuningdek, tumandagi "Cho'yinchi" mahalla fuqarolar yig'inining yettiligi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda deputatlarning mahalla yettiligi bilan hamkorligi, deputatlaerning aholi muammolari bilan ishlashda o'rni haqida so'z yuritildi. Mahalla yettiligi vakillarining taklif va fikrlari eshitildi.