Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар соғлиқни сақлаш тизимидаги янгиликлар бўйича аҳоли билан учрашув ўтказди
янв.21
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2025 yil 23 iyun kungi PF 98-sonli farmoni bo'ycha o'quv seminari
янв.21
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2025 yil 23 iyun kungi PF 98-sonli farmoni bo'ycha o'quv seminari
янв.21
Xalq deputatlari tibbiyot sohasi mutaxassislari va davolanayotgan fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari o'z saylov okrugidagi saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Doimiy komissiyalarning sessiya oldidan muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi
янв.21
Deputat uchrashuvi
янв.21
Xalq vakili saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Senat Kengashi qarorlari targ‘iboti faol olib borilmoqda
ISHONCH, IMKONIYAT VA MASʼULIYAT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 15 mayda qabul qilingan “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-86-sonli Farmoniga faqatgina bir hujjat sifatida emas, balki yurtimiz istiqboli, maʼnaviyati va ilmiy salohiyatiga qaratilgan yangi marra, yangi yetuk yondashuv, deb qarash to‘g‘riroq bo‘ladi.

Mazkur Farmon orqali davlatimiz rahbari iqtidor tushunchasini endi faqatgina fan olimpiadalari, musobaqa sovrindorlari doirasida emas, balki har tomonlama salohiyatli, ilmiy-tadqiqotlarga moyil, ijodkor va tashabbuskor yoshlarni qamrab olishga yo‘naltirishni nazarda tutgan. Bu, avvalambor, iqtidorning tabiiyligini tan olish va uni erkin ravnaq toptirish muhitini yaratish demakdir.

Farmonda belgilangan Prezident maktablari, “Iqtidorlilar dasturi”, maxsus grantlar, ota-onalar va ustozlar bilan hamkorlikni mustahkamlash kabi mexanizmlar orqali davlat yoshlarga ishonch bilan qarayotganini ko‘rsatadi. Bu ishonch esa o‘z navbatida ularni masʼuliyat va fidoyilikka chorlaydi.

Mening eʼtiborimni tortgan tomoni shundaki, mazkur tashabbus bir tomonlama yuqoridan berilgan ko‘rsatma emas, balki xalq bilan birgalikda, joylardagi ehtiyoj va imkoniyatlar inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. Natijada, har bir hudud, har bir maktab, har bir bola o‘z o‘rni va imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Farmonning yana bir muhim jihati - iqtidorni qo‘llab-quvvatlashda shaxsni yetuk inson sifatida tarbiyalash, uning axloqiy va maʼnaviy yuksalishiga eʼtibor qaratishidir. Bunday yondashuv shunchaki bilim emas, balki ulkan insoniylik tayanchiga ega avlodni voyaga yetkazishga xizmat qiladi.

Qisqacha aytganda, bu Farmon - iqtidorli yoshlarni tanlab olish emas, balki ularni yetishtirish va hayotga tayyorlashning mukammal modeli hisoblanadi. Bu tashabbus orqali O‘zbekiston kelajagi dunyo sahnasida o‘z so‘zini aytadigan yoshlar bilan taʼminlanadi. Ular orasidan olamni o‘zgartiruvchi allomalar, olimlar, ixtirochilar va buyuk shaxslar yetishib chiqsa ajab emas.

Said Donishev, xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati 

Slide 1 of 4