Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар соғлиқни сақлаш тизимидаги янгиликлар бўйича аҳоли билан учрашув ўтказди
янв.21
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2025 yil 23 iyun kungi PF 98-sonli farmoni bo'ycha o'quv seminari
янв.21
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2025 yil 23 iyun kungi PF 98-sonli farmoni bo'ycha o'quv seminari
янв.21
Xalq deputatlari tibbiyot sohasi mutaxassislari va davolanayotgan fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari o'z saylov okrugidagi saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Doimiy komissiyalarning sessiya oldidan muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi
янв.21
Deputat uchrashuvi
янв.21
Xalq vakili saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Senat Kengashi qarorlari targ‘iboti faol olib borilmoqda
Zomin tumanidagi 60-maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

Bugun Zomin tumanidagi barcha maktablarda bolalik xotiralari, yoshlik orzulari va ustozlar fidoyiligini aks ettiruvchi unutilmas daqiqalar — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari yangradi.

Zomin tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 60-umumiy o‘rta ta’lim maktabida, 2024–2025 o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri yuksak tashkilotchilik darajasida, ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev viloyatdagi barcha bitiruvchilarga Prezidentimizning samimiy va ezgu tilaklarga boy tabrigini onlayn tarzda o‘qib eshittirdi.

Tadbirda Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i Erkin Xolmatov, tumanning hurmatli faxriysi Ismatullo bobo Raimov ishtirok etib, bitiruvchilarga samimiy murojaat yo‘lladilar. Ular yoshlarga kelajak sari dadil qadam tashlash, orzular yo‘lida qat’iy harakat qilish va Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish borasida ezgu tilaklar bildirdilar.

Tadbir davomida o‘quvchilarning o‘quv yili davomida erishgan yutuqlari, fan olimpiadalari, sport musobaqalari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroklari alohida e’tirof etildi. Eng namunali, faol va iqtidorli o‘quvchilarga maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlar, sovg‘alar hamda tashakkurnomalar topshirildi.

Shuningdek o‘quvchilarni yuksak saviyada tayyorlashda fidoyilik ko‘rsatgan, o‘z pedagogik faoliyati bilan yuksak natijalarga erishgan ustozlar hokimning tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

Bayram tadbiri davomida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, musiqiy dasturlar va ramziy sahna ko‘rinishlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida esa, hayajonli lahza — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jarangi yangradi.

Slide 1 of 8