“Korrupsiyaga qarshi kurashish” oyligi doirasida “ “Adolat” SDP Guliston shahar Kengashi raisi Shoxsanam Umurzoqova ,Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Erkin Abduraxmonov,OMQP deputat yordamchisi Toxir Samiyev xamkorlikda , Guliston shahar 4-DMTT xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi, xavfsizlikka tahdid tug‘diruvchi jinoyat. Bu illatga qarshi kurashish tegishli organlarninggina emas, barchaning ishi bo‘lishi zarur. Bu illat faqat jazolar orqali to‘xtab qolmaydi, balki uni keltirib chiqarayotgan sabablarni bartaraf etish muhim. Deputat tomonidan qonunchilikda korrupsiya uchun belgilangan jazo turlari va davlat rahbari tomonidan qabul qilingan qonun va qarorlar yuzasidan maʼlumot berildi