O‘zLiDeP Mirobod tuman Kengashi tashabbusi bilan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining “Deputat va tadbirkor muloqot forumi” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi. Tadbir Mirobod tumanida joylashgan “ASIA KANDI” MCHJ korxonasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad “Deputat va tadbirkor muloqot forumi” loyihasida aks etgan mamlakatimizda bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinayotgan iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirish, xususan, kichik biznes vakillarini yalpi milliy mahsulotning yaratilishida yetakchi o‘rin egallashi hamda fuqarolar farovonligini oshirishda asosiy omil bo‘lishiga erishish.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi Fazilov Ravshan Abdulxayevich, O‘zLiDeP Mirobod tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati Mamanazarov Abduhakim Bozorovich, “ASIA KANDI” MCHJ direktori Mullabayev Muzaffar Shaniyazovich hamda xalq deputatlari Toshkent shahar, tuman Kengashi deputatlari, tadbirkorlar ishtirok etishdi.
R.Fazilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 5 mart kuni bo‘lib o‘tgan, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishidagi so‘zlagan nutqlarini xalqimizga yetkazish va tushuntirish ishlarini amalga oshirish zarurligi va bu borada O‘zLiDePning oldida turgan vazifalar to‘g‘risida yig‘ilganlarga batafsil maʼlumot berdi.
Tadbir davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan, tadbirkorlik faoliyati erkinligini cheklayotgan bir qator muammolar ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi. Faoliyatini yana-da rivojlantirish borasida ko‘tarilgan masalalar, takliflar yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Tadbir so‘ngida “ASIA KANDI” MCHJ korxonasidagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishish maqsadida ekskursiya tashkil etildi va partiya aʼzoligiga kirish istagini bildirgan xodimlarga partiyaning aʼzolik guvohnomalari topshirildi va yangi Boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi.
Darhaqiqat, Yangi O‘zbekiston modernizatsiyalashgan iqtisodiyotga tayanadi. Bunday iqtisodiyotni shakllantirish uchun undagi davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqlarini himoya qilish va uning rolini yana-da kuchaytirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini faollashtirib borilsa aniq maqsadlarga erishiladi. Iqtisodiy siyosatimizning asosiy tamoyillaridan biri – har bir fuqaro boy bo‘lsa – davlat boy bo‘ladi, har bir oila farovon
bo‘lsa – mamlakat farovon bo‘ladi. Hududlarda tadbirkorlikning rivojlanishiga xizmat qiluvchi infratuzilmalarni har tomonla rivojlantirish davr talabi. Tadbirkorlar ko‘paysa yurtimiz obod
va boy bo‘ladi.