Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Haftalik_dayjest
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLALARDA “YETTILIK” FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
71-sonli oilaviy poliklinikasining qurilish loyihasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi Deputatlar faoliyati tahlil qilinib, haftalik ish rejalar belgilab olindi
янв.21
Kengash raisining navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi
янв.21
#24_ta_masala Deputatlar mahallada: "Mahalla yettiligi" va Mahalla raisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala Deputatlar mahallada: "Mahalla yettiligi" va Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala Deputatlar mahallada: "Mahalla yettiligi" faoliyati va qarorlar ijrosi o‘rganildi
#Deputat_faoliyati #Saylovchilar_bilan_uchrashuv #Zo‘ravonlikka_qarshi #Bolalar_himoyasi

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 23-“To‘xtamish” saylov okrugidan saylangan deputati Narmuratov Abdunazar Juraevich tomonidan “To‘xtamish” mahallasidagi xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, bolalar huquqlarini himoya qilish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-oktabrdagi O‘RQ–1180-sonli “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur qonun bilan bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish hamda zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq kafolatlar mustahkamlandi.

Shuningdek, uchrashuvda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga befarq bo‘lmaslik, bolalarni turli tajovuzlardan himoya qilish, ularning xavfsizligini ta’minlash hamda shubhali holatlar yuzasidan tegishli mas’ul idoralarga o‘z vaqtida murojaat qilish muhimligi tushuntirildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar va bolalarning huquqlarini himoya qilish hamda jamiyatda zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1