O'zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Kazakov hamda Kotibiyat xodimi Z.Darmonov va Ekologik partiyasi rahbari M.Sadullayevlar 2-Boyovul saylov okrugi "Durunki" mahalla fuqarolar yig‘inida bo'lib, "mahalla yettiligi" faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida, ayniqsa, xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish borasidagi faoliyat tahlil qilindi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tomonidan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda mahalla tizimi samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.