Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati Yusup Xolmuminovich Qurbaniyazov tomonidan tuman IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori Ergashov Begzod Mengboevichga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.
🚘 Masalaning моhiyati: Oltinsoy tumanidagi “Xidirsho” mahallasida joylashgan 25-sonli umumta’lim maktabi hamda 12-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti katta avtomobil yo‘li yoqasida joylashgan bo‘lib, ushbu hududda transport vositalari harakati o‘ta serqatnov hisoblanadi.
Hududni o‘rganish davomida yo‘lning ushbu qismida piyodalar o‘tish joyi chiziqlari (“zebra”) hamda zarur yo‘l belgilari mavjud emasligi aniqlandi. Natijada o‘quvchilar, tarbiyalanuvchilar va aholining yo‘ldan xavfsiz o‘tishida jiddiy qiyinchiliklar yuzaga kelib, yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lish xavfi ortmoqda.
🛑 Deputat so‘rovida quyidagi amaliy choralarni ko‘rish so‘raldi:
“Xidirsho” mahallasidagi 25-sonli maktab va 12-sonli MTT yaqinidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining holatini mas’ul xodimlar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganish;
Belgilangan talablar asosida piyodalar o‘tish joyi chiziqlarini chizish va tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatish choralarini ko‘rish;
Transport vositalari tezligini pasaytirish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida sun’iy notekislik (yotiq to‘siq) o‘rnatish masalasini ko‘rib chiqish;
Ushbu chora-tadbirlarni tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda 2026-yil 31-oktabrga qadar amalga oshirish;
Amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda yozma ravishda ma’lumot taqdim etish.
Ushbu deputatlik so‘rovining ijrosi yosh bolalar va aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida doimiy nazoratga olindi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz