Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Haftalik_dayjest
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLALARDA “YETTILIK” FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
71-sonli oilaviy poliklinikasining qurilish loyihasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi Deputatlar faoliyati tahlil qilinib, haftalik ish rejalar belgilab olindi
янв.21
Kengash raisining navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi
янв.21
#24_ta_masala Deputatlar mahallada: "Mahalla yettiligi" va Mahalla raisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala Deputatlar mahallada: "Mahalla yettiligi" va Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala Deputatlar mahallada: "Mahalla yettiligi" faoliyati va qarorlar ijrosi o‘rganildi
MAHALLALARDA QULAY INFRATUZILMA YARATIŞ IŞLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

#24_ta_tavsiyaviy_savol #deputatlik_nazorati_Uchtepa

MAHALLALARDA QULAY INFRATUZILMA YARATIŞ IŞLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

💹 Uçtepa tumanidagi mahallalar infratuzilmasini rivojlantiriş, aholi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş borasida amalga oşirilayotgan işlar deputatlik nazorati doirasida örganilmoqda.

Şu maqsadda xalq deputatlari Uçtepa timani Kengaşi "20-Xirmontepa" saylov okrugi deputati Saodat Malikova tomonidan Xalq deputatlari Uçtepa tumani Kengaşining 2026-yil 14-avgustdagi III-32-71-14-202-K/26-sonli qarorida nazarda tutilgan vazifalar ijrosini joyiga çiqqan holda örgandi.

💼 Mazkur örganiş mahalliy Kengaş deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy savolnomasi hamda Kengaş qarori ijrosi doirasida taşkil etilib, unda Xalq deputatlari Uçtepa tumani Kengaşi kotibiyati mudiri A.Usmanov ham iştirok etdi.

⚡ Jarayon davomida Katta Çöponota mahallasida 1,7 km, Birlik mahallasida esa 0,8 km masofada piyodalar yölaklarini quriş, avtomobillar uçun tartibli töxtaş joylarini taşkil etiş va dam oliş örindiqlarini örnatiş işlari yuzasidan mas’uliyatli yondaşuv zarurligi qayd etildi.

📈 Uşbu çora-tadbirlar mahallalarda obodonlaştiriş işlarini jadallaştiriş, piyodalar va transport vositalari harakatini tartibga soliş, şuningdek, fuqarolar uçun yanada qulay jamoat muhitini yaratişga qaratilgan.

↗️ Qaror ijrosini örganiş davomida belgilangan işlarning amaliy holatiga e’tibor qaratilib, ularni sifatli taşkil etiş va ajratilgan budjet mablağlarining maqsadli sarflanişi muhimligi ta’kidlandi.

📈 Mahallalarda olib borilayotgan bunday işlar hududlarni yanada obod qiliş, aholining kundalik hayotini yengillaştiriş hamda mavjud infratuzilmani takomillaştirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4