Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Haftalik_dayjest
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLALARDA “YETTILIK” FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
71-sonli oilaviy poliklinikasining qurilish loyihasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi Deputatlar faoliyati tahlil qilinib, haftalik ish rejalar belgilab olindi
янв.21
Kengash raisining navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi
янв.21
#24_ta_masala Deputatlar mahallada: "Mahalla yettiligi" va Mahalla raisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala Deputatlar mahallada: "Mahalla yettiligi" va Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala Deputatlar mahallada: "Mahalla yettiligi" faoliyati va qarorlar ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 28-sessiyasi 22-oktabr, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

#sessiya #poytaxtdeputatlari

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 28-sessiyasi 22-oktabr, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

🏛 Toshkent shahar Kengashining mazkur sessiyasi kun tartibiga kiritilgan;

🔺 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2026-yil III chorak davomida davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati to‘g‘risidagi axboroti haqida;

🔺 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va natijasini muhokama qilish to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan aholi salomatligini asrash, kasalliklarni oldini olish va profilaktika qilishning haqiqiy holati, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va natijasini muhokama qilish to‘g‘risida;

🔺 Joriy yilning III choragida Toshkent shahrida jamoat transportining o‘z vaqtida harakatlanishini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar hamda avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash holati to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahrida ichimlik suvi, issiq suv, elektr energiyasi (xususan energiyani tejovchi texnologiyalardan foydalanish, energiya samaradorligi) ta’minoti holati, tabiiy gaz ta’minoti va kanalizatsiya tizimini yaxshilash borasidagi ishlar holati hamda kuz-qishga tayyorgarlik holati (isitish tizimi), ayniqsa, ijtimoiy soha obyektlarida (maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar, oliy ta’lim, tibbiyot muassasalari) joriy yilning III choragida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahrida soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan davlat - xususiy sheriklik loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida;

🔺 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;

🔺 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi VII-26-134-14-0-K/26-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;

🔺 Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahar mahalliy budjetining 2026-yil birinchi yarim yillik ijrosi to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2026-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi va boshqa masalalar

bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlarining hisobot va axborotlari deputatlar tomonidan sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1