Toshkent viloyati Boʻka tumani MMTB tasarrufidagi 16-IDUM da "Qadriyatlaring boqiy boʻlsin Navroʻz!" shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
♻️ 21-mart Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda maktab maʼmuriyati, oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ota-onalar hamda Xalq deputatlari Boʻka tumani kengashi deputatlari A.Nishonov, D.Poʻlatovlar ishtirok etdilar.
♻️ Yangi kun, yangi umid va yangi orzular fasli bo'lmish Navroʻz bayramida oʻquvchilar sheʼrlar, kuy-qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari namoyish etishdi.
♻️ "Yashil makon" loyihasi doirasida deputatlar tomonidan 10 tup olma, 10 tup gilos daraxt koʻchatlari ekilib, "Deputatlar bogʻi" barpo etildi.