Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati
G. Azimova tomonidan Katta Hasanboy mahallasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
⚖️QONUN IJROSI — AMALDA
📌O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-son “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
✅Qonun talablaridan kelib chiqib, mahallada quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish muhim:
🔺Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jamoat tartibini mustahkamlash;
🔺Fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish;
🔺Yoshlar bilan profilaktik suhbatlar olib borish, ularni turli salbiy ta’sirlardan himoya qilish;
🔺Huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish;
🔹Mahalla faollari, profilaktika inspektori va tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish.