Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati
A. Nasirov tomonidan xatlov jarayonida Osiyo ko‘chasidagi 10, 10-A va 4-uylar hududida mavjud muammolar o‘rganildi.
🔎O‘rganish davomida mazkur manzillarda Yunusobod tumani hokimligining kommunal boshqarma faoliyati lozim darajada yo‘lga qo‘yilmagani, hududdagi kommunal masalalar bo‘yicha muammolar mavjudligi aniqlandi.
📌Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda kommunal xizmatlar faoliyatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤍Deputat A. Nasirov tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan ishlash va masalalarni nazoratga olish belgilandi.
🤝Aholi murojaatlari va hududlarda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida hal etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.