Senat yalpi majlisida Surxondaryo viloyat studiyasidan hududdan saylangan Senatorlar, yoshlar parlamenti a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi doimiy komissiya raislari, tegishli mas’ullar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.
Yalpi majlisning bugungi kun tartibiga kiritilgan 7 ta Oʻzbekiston Respublikasining Qonun loyihalari senatorlar tomonidan muhokama qilindi va ma'qullandi. Yalpi Majlis o'z ishini ertaga 22-fevral kuni davom ettiradi.