Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Amudaryo tumanidagi o‘rganishlar davomida partiya ishchi guruhi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari hamda Kotibiyat mudiri M.Urazbayev Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman bo‘limida bo‘ldi.
янв.21
Amudaryo tumani hokimligidagi muloqotdan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari, Kotibiyat mudiri M.Urazbayev hamda partiya ishchi guruhi a’zolari bilan o‘rganishlari tuman tibbiyot birlashmasida davom etdi.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Adolat SDP ishchi guruhi a’zolari tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari Amudaryo tumanida olib borildi. Tadbirda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari va Kotibiyat mudiri M.Urazbayev ham ishtirok etdi.
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Adolat SDP deputatlari Oila va xotin-qizlar bo‘limida: hamkorlik va ijro nazorati
янв.21
Og‘ir mahallalarda rivojlanish imkoniyatlari o‘rganildi
янв.21
"Mahalla yettiligi" xususan hokim yordamchisi faoliyati o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan 22-sonli "Bosuv" saylov okrugi deputati Muratbayeva Saylixon Yendirbayevna tomonidan deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
"Mahalla yettiligi" faoliyati o'rganildi
янв.21
Deputatlar Boyovul mahallasida aholi muammolarini o‘rgandi
PASTKICHAQIRDA SUN’IY QOPLAMALI FUTBOL MAYDONI HOLATI O‘RGANILDI

Do‘stlik MFY Pastkichaqir qishlog‘idagi sun’iy qoplamali futbol maydonida tashkil etilgan sport mashg‘ulotlari va to‘garaklar faoliyati bilan tanishildi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati H. Qudratov hududga tashrif buyurib, yoshlar va bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda futbol maydonidan samarali foydalanish holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida futbol maydonining umumiy holati, sport mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, to‘garaklarga yoshlarning jalb qilinishi hamda mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, to‘garaklarda qatnashayotgan yoshlar bilan suhbatlashilib, ularning sportga qiziqishi, mashg‘ulotlar jarayoni va mavjud takliflari tinglandi.

Deputat tomonidan sport to‘garaklarini muntazam tashkil etish, yoshlar qamrovini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning sport bilan shug‘ullanishi uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4