Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati D.Azizbayeva qayta rekonstruksiyadan chiqarilgan 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
✔️Tashrif davomida tarbiyalanuvchilarning kayfiyati, mashg‘ulotlardagi ishtiroki hamda to‘garaklar faoliyati ko‘zdan kechirildi. Bolalar uchun yaratilgan zamonaviy va qulay sharoitlar, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar holatiga e’tibor qaratildi.
✔️Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.