35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Amudaryo tumanidagi o‘rganishlar davomida partiya ishchi guruhi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari hamda Kotibiyat mudiri M.Urazbayev Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman bo‘limida bo‘ldi.
янв.21
Amudaryo tumani hokimligidagi muloqotdan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari, Kotibiyat mudiri M.Urazbayev hamda partiya ishchi guruhi a’zolari bilan o‘rganishlari tuman tibbiyot birlashmasida davom etdi.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Adolat SDP ishchi guruhi a’zolari tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari Amudaryo tumanida olib borildi. Tadbirda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari va Kotibiyat mudiri M.Urazbayev ham ishtirok etdi.
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Adolat SDP deputatlari Oila va xotin-qizlar bo‘limida: hamkorlik va ijro nazorati
янв.21
Og‘ir mahallalarda rivojlanish imkoniyatlari o‘rganildi
янв.21
"Mahalla yettiligi" xususan hokim yordamchisi faoliyati o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan 22-sonli "Bosuv" saylov okrugi deputati Muratbayeva Saylixon Yendirbayevna tomonidan deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
"Mahalla yettiligi" faoliyati o'rganildi
янв.21
Deputatlar Boyovul mahallasida aholi muammolarini o‘rgandi
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish olib borildi

#Sessiya_kun_tartibidagi_masala #Kengash_raisi_faoliyati
#deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati

Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova, tuman Kengashi deputati B. Bo‘tayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala yuzasidan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida markaz tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud holat va erishilgan natijalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mas’ul xodimlarning qo‘shimcha hisobotlari tinglanib, sessiyada ko‘rib chiqiladigan masala yuzasidan zarur ma’lumotlar olindi.

Jarayon davomida mavjud masalalarni yanada takomillashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusidagi ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha sessiya kun tartibidagi masalani mazmunan va atroflicha yoritish uchun zarur ma’lumotlar to‘planib, tegishli hujjatlar o‘rganib chiqildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 7