35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI — FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Kenjayev tomonidan Shodlik mahallasida “mahalla yettiligi” vakillari bilan hamkorlikda fuqarolarning murojaatlari va ularni qiynayotgan muammolar o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning sabablari, mavjud holati va ularni hal etish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.

Aniqlangan har bir masala bo‘yicha tegishli tashkilot va mutasaddilar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilash, murojaatlarning ijrosini ta’minlash hamda natijasini deputatlik nazoratida kuzatib borishga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3