Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Z. Abduraimova tomonidan Balandchaqir mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, oilaviy kelishmovchilik yuzasidan murojaat o‘rganildi.
O‘rganish davomida kelishmovchilikning kelib chiqish sabablari atroflicha tahlil qilinib, tomonlar bilan ochiq va samimiy suhbatlar olib borildi. Oila tinchligi, o‘zaro hurmat va farzandlar manfaatining ustuvorligi yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
Deputatning amaliy ko‘magi va mahalla mas’ullari bilan hamkorlikdagi sa’y-harakatlar natijasida oilaviy kelishmovchilik bartaraf etilib, tomonlar o‘zaro murosaga keldi.