35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Cho‘kirli mahallasida yillar davomida qiynab kelgan elektr ta’minoti muammosi hal etildi

Tuman hokimi, xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati Farrux Xoliqov  tuman Kengashiga 24-“Nodira” saylov okrugidan deputat A.Karanovning okrugidagi “Cho‘kirli” mahallasiga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi hamda mahalla aholisi bilan samimiy suhbatlashdi.

Xususan, mahalladagi elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 160 kVt quvvatga ega yangi transformator hamda 20 dona beton ustun ajratildi.

Mazkur amaliy ishlar natijasida mahallada elektr ta’minotining barqarorligi ta’minlanib, aholining yillar davomida yechimini kutib kelgan muammosi bartaraf etilmoqda.

Slide 1 of 9